14-iyul, shanba kuni Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi tizimida xizmat qilayotgan davlat ijrochilariga sohaga oid qonun hujjatlarini tushuntirish bo‘yicha videokonferensaloqa rejimi orqali o‘quv mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi. Bu haqda MIB matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.
Tadbir Bosh prokuratura, Majburiy ijro byurosi hamda Bosh prokuratura Akademiyasi hamkorligida tashkil etildi.
Tadbirda videokonferensaloqa yordamida Byuroning hududiy boshqarma boshliqlarining sohaviy o‘rinbosarlari, mas’ul xodimlari hamda tuman-shahar bo‘limi boshliqlarining sohaviy o‘rinbosarlari va davlat ijrochilari bilan o‘zaro muloqot olib borildi.
Izoh (0)