“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida yo‘l-transport hodisalarining oldini olish va yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashning samaradorligini oshirish maqsadlarida rivojlangan mamlakatlar misolida O‘zbekiston poytaxti va hududlardagi barcha amaldagi svetoforlarni (shu jumladan, piyodalar uchun svetoforlarni) vaqtni ortga hisoblovchi svetoforlarga almashtirish jarayonini boshlash taklif etilmoqda.
Aqlli svetoforlarning eng muhim afzalliklari svetofor signali almashgunga qadar vaqt indikatsiyasi mavjudligi bo‘lib, bu birinchi navbatda, piyodaga svetoforning ruxsat beruvchi chirog‘ida yo‘lning o‘tish qismini kesib o‘tish uchun zaxiradagi vaqtni baholash imkonini beradi.
Shuningdek, svetoforning taqiqlovchi chirog‘ida “vaqtning o‘tishi” psixologik effektini hosil qiladi, bu esa piyodalarning svetoforning taqiqlovchi chirog‘ida yo‘lning o‘tish qismiga chiqishi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisalari foizini keskin kamaytiradi.
Mazkur jamoaviy murojaatga yana 28 kun davomida ovoz berish mumkin.
Izoh (0)