Samarqand viloyati Ichki ishlar vazirligi qoshidagi litseylarga kirish imtihonlari bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev ma’lum qildi.
Hozirgacha 1 881 nafar abituriyent harbiy tibbiy komissiyadan o‘tkazilib, ularning individual psixologik xususiyatlari o‘rganildi. Nomzodlar bilan yakka tartibdagi suhbatlar uyushtirilib, maxsus professional tanlovda nomzodning orfografik va punktuatsion savodxonligi darajasini aniqlash maqsadida yozma ish olindi. Shuningdek, jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha sinov o‘tkazildi.
Ushbu sinovlardan o‘tgan jami 594 nafar nomzoddan 56 nafar qiz, 237 nafar yigit ushbu litseyga qabul qilinadi. 2020—2021-o‘quv yilidan boshlab Ichki ishlar vazirligi akademiyasining kunduzgi ta’lim qabuliga faqat IIV akademik litseylari va harbiy akademik litseylar bitiruvchilari qabul qilinadi.
Izoh (0)