Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In barcha tomonlarni KXDRni yadrosizlantirishga (denuklearizatsiya) ko‘maklashishga chaqirdi. Bu haqda “Renxap” agentligiga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.
“Men Kim Chen In bilan 2 marta uchrashdim. U g‘oyaviy qarama-qarshilikni tugatish va Shimoliy Koreyani normal mamlakatga aylantirishni juda istaydi. Agar Kim mamlakatni yadrosizlantirish borasida bergan va’dalarining ustidan chiqsa, u davlatni rivojlantira olishi aniq”, — deya Mun Chje In Singapurga tashrifi davomida ma’lum qilgan.
Izoh (0)