1-iyul holatida O‘zbekistonning sof oltin zaxiralari hajmi 26,648 milliard dollarni tashkil etib, bir oy ichida 376,1 million dollarga qisqarish kuzatildi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabariga tayanib, “Gazeta.uz” ma’lum qildi.
Yalpi oltin-valyuta zaxiralari 27,66 milliard dollar bo‘lib, undagi xorijiy valyutadagi aktivlar hajmi 13,818 milliard (bir oy ichida 186 million dollarga kamayish), monetar oltin — 13,842 milliard dollarni (bir oy ichida 276 million dollarga kamayish) tashkil etdi.
Iyun oyida yalpi oltin-valyuta zaxiralarining 463,1 million dollarga pasayishi kuzatildi. Mazkur holat hisobot davrida asosan oltin narxining 1303,50 dan 1250,55 doll/tr unsiyaga pasayishi hisobiga yuzaga keldi (narxning oltin-valyuta zaxiralarining kamayishiga ta’siri — 573,5 million dollar).
Oltin narxi pasayishi hisobga olinmaganda yalpi oltin-valyuta zaxiralari 110,4 million dollarga oshdi.
Izoh (0)