12-iyul kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Abdujabbor Abduvohitov boshchiligidagi delegatsiya Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar tashqi siyosat idoralari rahbarlari o‘rinbosarlari darajasida ShHTning xalqaro faoliyat masalalari bo‘yicha maslahatlashuvlarida ishtirok etdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Moskva shahrida Hindiston, Pokiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston TIV vakillari tomonidan xalqaro munosabatlar rivojlanishining hozirgi sharoitlarida ShHT oldida turgan asosiy vazifalar yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, ShHTga a’zo davlatlarning dolzarb mintaqaviy va global muammolar bo‘yicha kelishilgan mavqelarini amaliy tadbiq etish, boshqa ko‘p tomonlama tuzilmalar, avvalo BMT, ASEAN, MDH, Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengash bilan aloqalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Izoh (0)