Hukumat “O‘zbekenergo” tashkilotlarini moliyaviy sog‘lomlashtirish bo‘yicha 2018-yilgi “yo‘l xaritasi”ni tasdiqladi. Bu haqda Norma xabar berdi, deb yozadi “Gazeta.uz”.
“O‘zbekenergo” AJ tashkilotlarida zamonaviy “Boshqaruvning axborot tizimi” joriy etilishi lozim. Shuningdek nufuzli xalqaro auditorlik kompaniyalarini jalb etgan holda mustaqil audit o‘tkazilib, faoliyatiga baho beriladi.
Afg‘oniston Islom Respublikasiga elektr energiyasi va elektr texnika mahsulotlarini (tirgaklar, transformatorlar, TBB va boshqalar) yetkazib berish hajmlarini oshirish, qo‘shni energiya tizimlariga elektr energiyasi tranziti bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish rejalashtirilgan.
Zarar ko‘rib ishlayotgan oltita korxonani moliyaviy sog‘lomlashtirish nazarda tutilgan. Xususan, “Muborak IEM” AJda qurilishi tugallanmagan va foydalanilmayotgan Muborak gazni qayta ishlash zavodi uchun bug‘ o‘tkazgich va uch korpusli bug‘lash qurilmasi konservatsiya qilinadi, “Navoiy IES” AJda esa qurilishi tugallanmagan “Suvni kimyoviy tozalash 350 tn/soat” inshooti konservatsiya qilinadi.
Shuningdek, qaror bilan ochiq savdolarda xususiy mulk sifatida sotiladigan 72 ta ixtisoslashtirilmagan va foydalanilmayotgan aktivlar ro‘yxati, olib qo‘yiladigan va mahalliy ijroiya hokimiyati organlariga beriladigan “O‘zbekenergo” AJ tashkilotlarining 13 ta foydalanilmayotgan yer uchastkasi va obyektlari ro‘yxati tasdiqlandi.
Izoh (0)