Moliya vazirligida Janubiy Koreyaning NCG Engineering kompaniyasi raisi Jang Il Kvon bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deya Spot xabar bermoqda.
NCG Engineering korxonasi Eurabit MChJ investorlik kompaniyasining muassisi hisoblanadi.
Uchrashuvda raqamli iqtisodiyot, jumladan, blokcheyn texnologiyalari bo‘yicha hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi.
Yaqin orada koreyalik mutaxassislar Moliya vazirligida o‘z takliflarining taqdimotini o‘tkazadi.
Izoh (0)