10—11-iyul kunlari futbol bo‘yicha Rossiya maydonlarida bo‘lib o‘tayotgan Jahon Chempionatining yarim final bahslari bo‘lib o‘tdi.

Foto: FIFA

10-iyun kuni Fransiya terma jamoasi Belgiyani 1:0 hisobida mag‘lub etib, final yo‘llanmasiga ega chiqdi.

11-iyul sanasida esa Xorvatiya hamda Angliya terma jamoalari ikkinchi final yo‘llanmasi uchun kurash olib bordi. Omad xorvatlarga kulib boqdi. Angliya qo‘shimcha bo‘limlarning ikkinchisida o‘z darvozasidan ikkinchi golni o‘tkazib yubordi va shu bilan JCh—2018 finalidan quruq qoldi.

Jahon Chempionati finalida esa Fransiya hamda Xorvatiya terma jamoalari kurashadigan bo‘ldi. Final bahsi 15-iyul kuni Toshkent vaqti bilan 20:00 da Moskvadagi “Lujniki” stadionida bo‘lib o‘tadi.

Uchinchi o‘rin uchun esa guruh bosqichida bir-biriga qarshi to‘p surgan Belgiya va Angliya kurash olib boradi. 3-o‘rin uchun o‘yin 14-iyul kuni Toshkent vaqti bilan 19:00 da Sankt-Peterburgdagi “Krestovskiy” arenasida bo‘lib o‘tadi.