Afg‘oniston shimolidagi Qunduz viloyatida 11-iyul, chorshanba kuni kechasi yuz bergan to‘qnashuvlarda kamida 23 nafar harbiy xizmatchi halok bo‘ldi, 13 nafari yaralandi. Bu haqda 12-iyul kuni mahalliy hokimiyat xabariga tayanib, Sinxua agentligi xabar bermoqda, deb yozadi “Korrespondent.net”.
“Yarim tunda toliblar Archi tumanidagi Qarluq hududida nazorat-o‘tkazish punktiga hujum qildi. To‘qnashuv bir necha soat davom etdi, oqibatda olti nafar harbiy xizmatchi halok bo‘ldi”, — deydi okrug gubernatori Nasriddin Nazariy.
Bundan tashqari, to‘qnashuvlar davomida yana ikki nafar xavfsizlik kuchlari xodimi jarohat olgan.
Boshqa bir hodisada jangarilar Archi tumani sharqidagi Puli-Mo‘minda joylashgan harbiy lagerga hujum qildi. Oqibatda 17 nafar harbiy xizmatchi halok bo‘ldi, 11 nafari yaralandi.
Izoh (0)