11-iyul, chorshanba kuni Toshkentning Amir Temur shoh ko‘chasida avtomobil yo‘li harakat yo‘nalishlarini ajratib turuvchi to‘siqlarni olib tashlash ishlari boshlandi, deb yozmoqda “Gazeta.uz”.
Prospektning Osiyo ko‘chasi bilan kesishmasidan Kichik halqa yo‘lidagi o‘tkazgichgacha nafaqat harakat yo‘nalishlarini ajratib turuvchi to‘siqlar, balki prospekt chetidagi panjaralar ham olib tashlanmoqda. Kelgusida boshqa qismlardagi to‘siqlar ham demontaj qilinadi.
Rossiyaning “KB Strelka” kompaniyasi ishtirokida amalga oshirilayotgan loyiha doirasida shoh ko‘cha to‘liq qayta loyihalashtiriladi. Qatnov yo‘laklari soni muvofiqlashtiriladi (hozirda turli uchastkalarda ularning soni turlicha), piyodalar o‘tishi uchun xavfsiz joylar, qulay yo‘laklar, veloyo‘laklar, avtomobil qo‘yish joylari tashkil etilib, yangi daraxtlar o‘tqaziladi.
Izoh (0)