Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida 9-iyul kuni Olmazor tumanida yashovchi S.A. Sh.A.ga Malibu rusumli mashinani 14 550 dollarga sotishini aytib, pullarni LES AYLES kafesi oldiga olib kelishini tayinlaydi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Foto: IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi

Sh.A. pullarni olib kelgan vaqtida S.A. ularni jinoiy yo‘l bilan qo‘lga kiritish maqsadida unga boshqa bir sotilayotgan Captiva avtomobilini ko‘rsatishini bahona qilib, Markaz 1-daha 50-uy yonidagi berk ko‘chaga olib boradi.

Bu yerda Sh.A.ning bo‘yin qismidan arqon bilan bo‘g‘ib, o‘ng qo‘liga o‘tkir tig‘li jism bilan jarohat yetkazgan vaqtida u faol qarshilik ko‘rsatib, mashinadan tushib, LES AYLES kafesi oldiga qochib boradi.

S.A. voqea joyidan yashiringandi. Ko‘rilgan choralar natijasida u qo‘lga olindi.