Polshaning Opolye shahri yaqinida Robinson-44 vertolyoti halokatga uchradi. Uning bortida bo‘lgan uch kishidan ikki nafari halok bo‘lgan. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.

Foto: “Korrepondent.net”

Ta’kidlanishicha, vertolyot Dometsko qishlog‘i chetida, odamlarning uylari va trassadan bir necha o‘n metr uzoqda qulagan. Shifokorlar uchinchi kishining hayoti uchun kurashmoqda.

Hodisa joyida qutqaruvchilar va politsiya ish olib bormoqda. Halokat sababi hozircha noma’lum.