Xorijiy telekanal boshlovchisi, mashhur aktrisa Joanna Lamli Rayhon bilan suhbatlashdi, deb xabar beradi MyDay.

Foto: Instagram / @rayhonganieva

Xonanda bu haqda o‘zining Instagram’dagi shaxsiy sahifasida yozgan va ko‘rsatuvdan videolavha joylagan.

O‘zbekiston haqida tayyorlangan teleko‘rsatuvda Rayhon o‘zbek estradasi vakili sifatida intervyu bergan. Ko‘rsatuv boshlovchisi taniqli aktrisa Joanna Lamli. U Rayhon bilan birgalikda o‘zbek to‘y oqshomida ham qatnashish imkoniga ega bo‘lgan.