1-iyul kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov AQSh elchisi Pamela Leora Spratlenni qabul qildi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.
Suhbat davomida O‘zbekiston—AQSh kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.
Mintaqa muammolarini muhokama qilish chog‘ida alohida e’tibor 2018-yil 27-mart kuni Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiyada qabul qilingan Toshkent deklaratsiyasi qoidalarini amalga oshirishga qaratildi.
Izoh (0)