8-iyul kuni Toshkent shahrining Yashnobod tumanida yashagan V.U. ism-sharifli ayolning jasadi o‘z uyidan qotillik alomatlari bilan topildi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Foto: UzNews

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni 7-iyul kuni Jizzax shahrida yashovchi F.H. amalga oshirgani aniqlandi. U ayolning uyiga eski buyumlarni sotib olish uchun kelib, nafaqa puli olganligini bilib, ushbu pullarni qo‘lga kiritish maqsadida ayolning boshiga bolg‘a bilan urib o‘ldiradi.

Shu munosabat bilan IIV notanish odamlarga xonadon eshigini ochmaslik, turli tashkilotdan kelganlardan esa shaxsini tasdiqlovchi guvohnomalarni ko‘rsatishni talab qilish haqida ogohlantirgan.