Sayyohlik yo‘nalishidagi eng nufuzli va eng ommabop Lonely Planet nashri Osiyoning sayohat qilish uchun mo‘ljallangan eng yaxshi joylari reytingini e’lon qildi, deb yozmoqda UzDaily.
Lonely Planet — turistlar uchun mo‘ljallangan eng ommabop jurnal bo‘lib, yaqindan buyon onlayn-portal sifatida ham faoliyat ko‘rsatmoqda. Nashrga 1972-yili asos solingan bo‘lib, tahririyat 30 ga yaqin mualliflarni birlashtirgan. Nashr shtab-kvartirasi Avstraliyada joylashgan.
O‘zbekiston bu ro‘yxatga birinchi marta kiritildi. Reytingda O‘zbekiston Janubiy Koreyadan (Pusan shahri) keyin ikkinchi o‘rinni band qilgan. O‘zbekiston ro‘yxatda Vyetnam, Yaponiya, Tailand, Nepal, Shri-Lanka, Xitoy va Indoneziyani ortda qoldirgan.
Lonely Planet’ning yozishicha, O‘zbekiston ko‘p yillar davomida naqshinkor masjid va Buyuk Ipak yo‘li bo‘ylab joylashgan yodgorliklari bilan turistlar e’tiborini tortib kelgan.
Izoh (0)