Turkiyada temiryo‘lda yuz bergan YTHda vafot etganlar soni 24 taga yetdi. Bu haqda CNN Turk’ga tayanib, “Gazeta.ru” xabar berdi.
8-iyul, yakshanba kuni ertalab Istanbuldan Uzunko‘prikka borayotgan poyezdning 5 ta vagoni relsdan chiqib ketib ag‘anagan. Poyezdda 362 ta yo‘lovchi va ekipajning 6 nafar a’zosi bo‘lgan. Turkiya transport vazirligi ma’lumotlariga qaraganda, YTH kuchli yog‘ingarchiliklarning temiryo‘l relslari ostidagi tuproqni yuvib tashlagani oqibatida yuz bergan.
Avvalroq, 10 kishining vafot etgani xabar qilingan edi. Jarohat olganlar soni 338 taga yetgan.
Ayni paytda jarohat olganlarning barchasi shifoxonaga yotqizilgan, ularga zarur tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.
Izoh (0)