9-iyul, dushanba kuni O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasida O‘zbekiston—Pokiston ishbilarmonlar kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Savdo-sanoat palatasi matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.
Uchrashuvda tomonlar Pokiston bozorlariga O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni yetkazish, tibbiyot, qishloq xo‘jaligi, tekstil hamda turizm sohalarida o‘zaro hamkorlik aloqalarini o‘rnatish haqida kelishib oldi.
2018-yil mart oyida O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasida Global va mintaqaviy tadqiqotlar markazi bilan hamkorlikda O‘zbekiston—Pokiston ishbilarmonlar kengashini tuzish to‘g‘risida kelishuv imzolangan. Aprel oyida kengashning birinchi yig‘ilishi Islomobodda o‘tkazilgan.
Ma’lumot uchun
2017-yili O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasida o‘zaro tovar aylanmasi qariyb 36,2 million AQSh dollarini tashkil qildi.
Izoh (0)