Navoiy viloyati moliya va g‘aznachilik organlari rahbarlari budjet tashkilotlari xodimlari oylik maoshlari va ta’til pullarini to‘lash jadvali bo‘yicha ortda qolishga yo‘l qo‘ygani uchun qat’iy ogohlantirildi. Bu haqda Moliya vazirligi matbuot xizmati xabariga tayanib, “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
Iyulda Moliya vazirligi budjet tashkilotlari xodimlari maoshlari va ta’til pullarini o‘z vaqtida va to‘liq to‘lanishi uchun 532,5 milliard so‘m miqdorida maqsadli mablag‘ni ajratgan.
Shu bilan birga, 6-iyulda respublika bo‘yicha birinchi navbatdagi xarajatlar to‘lovlari 85,8 foizni tashkil etgan. To‘lovlarning eng past ko‘rsatkichi — 60 foizdan bir oz oshiqroq aynan Navoiy viloyatida kuzatilmoqda.
Izoh (0)