8-iyul kuni qoraqolpog‘istonlik yosh jurnalist, bloger, “Kruz.uz” sayti asoschisi Furqatbek Yusupov baxtsiz hodisa qurboni bo‘ldi.
“Xabar.uz”ning yozishicha, Yusupov qahramonlik ko‘rsatgan. Aytishlaricha, u bir qizni qutqaraman deb, suvga tushib ketgan.
Furqatbek Yusupovning janozasi ertaga, 9-iyul kuni soat 7:00 da o‘qiladi. So‘ng o‘zi tug‘ilgan Xorazmga olib borilib, dafn etiladi.
Ma’lumot uchun, Furqat Yusupov 1992-yil 11-dekabr kuni tavallud topgan. Qoraqalpoq davlat universitetini bitirgan.