Polshalik tarixchi va publitsist Yeji Targalskiy Gollandiyaning NTR telekanaliga intervyu berayotganida, Lisio laqabli mushugi uning ustiga chiqib oldi, deya xabar bermoqda TJournal.
Tragalskiy kameraga qarab, Polshada hayotning deyarli barcha jabhalari hali ham sobiq davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan nazorat qilinayotgani haqida gapirayotganida, mushuk uning qo‘liga qadam qo‘ydi-da, sakrab yelkasiga chiqib oldi, so‘ng uning boshi va qulog‘ini yalay boshladi.
Ijtimoiy tarmoqlarda ushbu holatni 2017 yilgi — koreyashunos ekspert “Bi-bi-si”ga intervyu berayotganida uning ish xonasiga bolalari bostirib kirgani aks etgan rolikka o‘xshatishdi.