AQShning Toshkentdagi elchixonasi 2017-yili umumiy hisobda 11 125 dona viza taqdim etdi. Bu haqda, AQSh Davlat departamentida e’lon qilingan ma’lumotlarga asoslanib, Spot xabar bermoqda.
Bunda B1/B2 kategoriyasiga mansub vizalar — sayohat va qisqa muddatli ishchi tashriflar uchun mo‘ljallangan ruxsatnomalar ham hisobga olingan. Ularsiz esa berilgan vizalar soni sezilarli kamayadi — 3 968 dona. Yana 31 ta viza esa qayta rasmiylashtirilgan.
Elchixona 2016-yili umumiy hisobda 9 290 dona viza bergan. B1/B2 kategoriya vizalari hisobga olinmasa — 3 237 dona, yana 37 viza qayta rasmiylashtirilgan.
Taqqoslash uchun, AQShning Olmaotadagi Bosh konsulligi va Ostonadagi elchixonasi 2017-yili 18 mingdan ziyod viza bergan. Turkmanistonda 1,5 ming, Tojikistonda 1,8 ming, Qirg‘izistonda esa 2,9 ming viza berilgan.