Suriya armiyasi va hukumat tarafdori bo‘lgan tuzilmalar arab respublikasining Iordaniya bilan chegarasi tomon harakatlanishda davom etmoqda. Bu haqda Reuters agentligi mahalliy harbiy manbalariga tayanib, EADaily xabar bermoqda.
Agentlikka ko‘ra, Bashar Asad qo‘shinlari ilg‘or otryadlari Hoshimiylar Qirolligi bilan chegaradosh “Nasib” nazorat-o‘tkazish punktiga juda yaqin kelgan.
Guvohlar “Nasib” nazorat-o‘tkazish punkti yo‘nalishi tomon harakatlanayotgan ko‘p miqdordagi tanklar va bronetexnika haqida xabar bermoqda.
Xorijiy monitoring tashkilotlari ma’lumotlariga ko‘ra, hukumat kuchlari 5-iyul kuni Deraa viloyatining bir qismida Iordaniya chegarasiga yaqinlashgan. Bu 2015-yildan buyon ilk bor yuz bergan.
SANA Suriya davlat axborot agentligi xabar berishicha, bugun Deraa viloyati sharqidagi An-Naima posyolkasi jangarilardan ozod qilingan.
Izoh (0)