Polshaning Mig-29 qiruvchi samolyoti tungi parvoz vaqtida halokatga uchradi. Bu haqda Polsha milliy mudofaa vazirligi ma’lumotiga tayanib, Eurointegration xabar berdi.
Aviatsiyaning 22-taktik bazasidan uchgan samolyot 6-iyul, juma kuni mamlakat shimoli-sharqidagi Paslek Varminsko-Mazurskiy aholi punkti yaqinida halokatga uchragan.
Uchuvchi Malbork shahri atrofidagi Sakuv aholi punkti yaqinida katapulta yordamida samolyotdan sakragan, biroq tirik qolishga muvaffaq bo‘lmagan. Samolyot uylardan 500 metr uzoqlikka qulab tushgan.
Davlat aviatsiyasining aviahalokatlar tergovi komissiyasi voqea sabablarini o‘rganmoqda.
Izoh (0)