Facebook’dagi amerikalik foydalanuvchilarning bir qismi ijtimoiy tarmoq ularning Mustaqillik kuniga bag‘ishlangan postlarini o‘chirib tashlayotganini payqadi. Ma’lum bo‘lishicha, tizim algoritmi AQShning eng asosiy ramzlaridan birini haqoratli deb topgan, deya yozadi “Korrespondent.net”.

Foto: “Korrespondent.net”

Qayd etilishicha, hodisaga Facebook’ning mualliflik huquqlari va boshqa qoidalarning buzilishi yuzasidan tekshiradigan algoritmidagi xatolik sabab bo‘lgan. Tizim AQSh Mustaqilligi deklaratsiyasi suratini haqoratli va irqchilikka oid deb hisoblagan va u joylashtirilgan postlarni o‘chirib tashlagan.

Biroz vaqtdan so‘ng ijtimoiy tarmoq ma’muriyati muammoni payqagan va tizimda nosozlik yuzaga kelganini ma’kum qilgan. Facebook vakillari uzr so‘ragan va amerikaliklarga AQSh Mustaqilligi deklaratsiyasi suratini qaytadan joylashtirishni taklif qilgan.