Rossiyaning Rostov viloyati Yeremeyevka qishlog‘ida yo‘lovchi poyezdi yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketdi. Bu haqda “Vedomosti.ru” xabar bermoqda.
YTH oqibatida 2 kishi halok bo‘lgan.
To‘qnashuv vaqtida poyezd lokomotivining bir juft g‘ildiragi ajralib ketgan. Yuk mashinasi haydovchisi temir yo‘lni kesib o‘tish joyida harakatlanish qoidalarini buzgan, degan taxminlar bor.
“Kamaz” yuk mashinasi yaqinlashib kelayotgan poyezdning yo‘lini kesib o‘tmoqchi bo‘lgan. Poyezd mashinisti favqulodda to‘xtash chorasini ko‘rmoqchi bo‘lgan, biroq to‘qnashuvning oldini olishning iloji bo‘lmagan. Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, yuk mashinasi haydovchisi vafot etgan. Poyezd mashinistining yordamchisi esa kabinada qulflanib qolgan, u haqida hozircha boshqa ma’lumotlar mavjud emas.
Poyezd relslardan qisman chiqib ketgan, yo‘lovchilar orasida jiddiy jarohat olganlar yo‘q.
Izoh (0)