AQShning Arizona shtatida 92 yoshli Anna Mey Blessing uni qariyalar uyiga topshirmoqchi bo‘lgan o‘g‘lini o‘ldirdi, deb yozmoqda New York Post.
Ayol bir necha kun davomida jinoyatni rejalashtirgan. U 2 ta to‘pponchani cho‘ntagiga solgan va o‘g‘li hamda uning ma’shuqasi yashaydigan xonaga kirgan.
72 yoshli erkakning bo‘yin va jag‘ sohasiga o‘q teggan va u voqea joyida jon bergan. So‘ngra ayol o‘g‘lining 57 yoshli ma’shuqasiga o‘q uzmoqchi bo‘lgan, biroq u to‘pponchani ayolning qo‘lidan olib qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan.
Ayolning o‘g‘li va ma’shuqasi u bilan yashash tobora qiyinlashib ketayotganini aytib, uni qariyalar uyiga topshirmoqchi bo‘lgan. Janjal avjiga chiqqanida ayol: “Sizlar mening hayotimni olib qo‘ymoqchisiz, unday bo‘lsa men ham sizlarni hayotlaringizdan mahrum qilaman”, — degan.
Ayol sudga nogironlar aravachasida kelgan.
Izoh (0)