Xorvatiya poytaxti Zagreb shahrida sport kurashlari bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida Jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda, deb xabar beradi MOQ matbuot xizmati.

Foto: MOQ matbuot xizmati

Erkin kurash bo‘yicha bellashuvlarda -55kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Jamshid Marufov Isroil (10:0), Armaniston (sof g‘alaba), Rossiya (10:0) va Italiya (5:4) mamlakatlaridan tashrif buyurgan raqiblarini mag‘lub etib finalga yo‘l olgandi. Jamshida hal qiluvchi final jangda yaponiyalik Xayyato Fujitaga qarshi kurash olib bordi va raqibidan 4:3 hisobida ustun keldi.

Foto: MOQ matbuot xizmati

Mazkur g‘alaba o‘zbekistonlik yosh polvonga Jahon chempionatining oltin medalini taqdim etdi.

E’tiborlisi, o‘zbekistonlik o‘smir erkin kurashchilar so‘nggi marotaba 1998-yilgi Jahon chempionatida oltin medal qo‘lga kiritgandi. O‘shanda yosh Dilshod Mansurov tengdoshlari orasida Jahon chempioni unvoniga sazovor bo‘lgan. Oradan 20 yil o‘tib Marufov bunday natijaga erishdi.