Kuz oylarida O‘zbekistonda Gloria Jean’s Coffees xalqaro qahvaxona tarmog‘i va do‘konlarining ilk muassasalari paydo bo‘ladi. Bugungi kunda ushbu kompaniya dunyoning 40 dan ortiq mamlakatlarida 1000 dan ortiq savdo shoxobchalariga ega bo‘lib, bir necha oydan so‘ng Toshkent ham afsonaviy brend xaritasida paydo bo‘ladi.
Gloria Jean’s Coffees brendiga 1979-yilda AQShda asos solingan. Bugungi kunga kelib, u yirik xalqaro qahvaxona tarmog‘iga aylandi va franshiza tufayli dunyoning o‘nlab mamlakatlari aholisi ushbu brend mahsulotidan bahra olish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Avstraliya, AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Ispaniya va boshqa mamlakatlarda ushbu brendning rasmiy qahvaxona va do‘konlari mavjud. Qo‘shni Qozog‘istonning yirik shaharlarida esa hozirda brendning bir necha qahvaxonalari bor. Shuningdek, kompaniya Rossiya, Ukraina va Ozarbayjon davlatlarida ham filiallariga ega.
Gloria qahva donlarining eng sarasini tanlashi bilan butun dunyoga mashhur bo‘lgan. Ular Arabika qahva navining faqat 1 foizini tanlab oladi. Menyuda klassik ichimliklardan tortib, faqat Gloria Jean’s Coffees qahvaxonasidan topish mumkin bo‘lgan ichimlik turlari ham bor. Qahva aralashmasini tayyorlashning aniq retsepti sir saqlanadi!
Gloria Jean’s Coffees bilan hamkorlik va ish masalasi bo‘yicha quyidagi raqamga murojaat qilishingiz mumkin: +99894 660 85 13.
Reklama huquqi asosida
Izoh (0)