Budjet masalalari bo‘yicha Yevropa Ittifoqi komissari Gyunter Ettinger Shimoliy Afrika mamlakatlari bilan muhojirlar masalasida muzokaralar olib borish zarurligini ta’kidlab o‘tdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
“Bu Shimoliy Afrika mamlakatlari bilan hamkorlik borasida kelishuvni talab qiladi. Ular bevosita O‘rta Yer dengizida, Sohil mintaqasida joylashgan. Endi biz ular bilan muzokaralar olib borishimiz lozim. Bizga adolatli konsept kerak”, — ta’kidlab o‘tdi u.
Aytilishicha, ushbu masalada muzokaralar allaqachon Mali, Niger, Nigeriya va Liviya bilan olib borilmoqda.
Izoh (0)