KXDR yetakchisi Kim Chen In iyun oyida Xitoyga uyushtirgan tashrifi chog‘ida XXR raisi Si Szinpindan Shimoliy Koreyaga qarshi iqtisodiy sanksiyalarni bekor qilish jarayonini tezlashtirishni so‘ragan. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Aytilishicha, Kim Chen In Donald Tramp bilan 12-iyun kuni Singapurda o‘tkazgan uchrashuvi yakunlaridan so‘ng sanksiyalar tezroq bekor qilinishiga ishonmoqda. Ayni masalada u Si Szinpindan ko‘mak so‘ragan.
O‘z navbatida, manbalarning bildirishicha, Xitoy rahbari bu borada bor kuchini ishlatishini ma’lum qilgan.
Izoh (0)