Kimlardir butun umri davomida millioner bo‘lishni orzu qilib, bunga erisha olmasa, ba’zi bolalar voyaga yetmasidan oldin millionerga aylanadi. AdMe ana shunday bolalarga e’tibor qaratdi.
Jordan Keysi
Irlandiyalik bolakay to‘qqiz yoshida dasturlashni o‘rgangan, 12 yoshida esa iTunes’da bestsellerga aylangan o‘yinni yaratgan. Ota-onasi uning kompyuter oldida ko‘p vaqt o‘tkazib, o‘qishga e’tibor bermayotganidan xavotir olgan. Bugun esa ular 16 yoshli o‘g‘lining IT-kompaniyasini boshqarishga yordam bermoqda. Jordan o‘z boyligining aniq miqdorini aytmasa ham, dollarda millioner ekanligini ta’kidlaydi.Izabella Barrett
11 yoshli amerikalik qizaloq go‘zallik tanlovlarida ishtirok etadi va g‘alaba qozonadi. U o‘zining dastlabki millionlarini to‘rt yoshida ishlab olgan. Shundan buyon u o‘zini model, qo‘shiqchi sifatida muvaffaqiyatli sinab ko‘rdi va hatto o‘z biznesini ochdi. Uning boyligi ikki million dollardan ortiqni tashkil qiladi.Riko Rodriges
19 yoshli Rikoning boyligi to‘rt million dollarni tashkil qiladi. U olti yoshidan buyon turli ommabop bolalar seriallarida rollar ijro etib kelmoqda.Rayan
Olti yoshli bloger Rayan o‘z ota-onasi tufayli mashhurlikka erishdi. Ota-ona o‘g‘lining o‘yinchoqlarni o‘ynab, ular haqdagi taassurotlarini gapirib bergan videoni YouTube’ga joylagan. Ikki yil ichida uning kanaliga 14 milliondan ortiq kishi a’zo bo‘ldi. Endi o‘yinchoq ishlab chiqaruvchilar Rayan ishtirokida reklama suratga olish uchun navbatda turibdi. Rayanning boyligi 11 million dollardan ortiqni tashkil qiladi.Valentina Paloma Pino
Bu 11 yoshli qiz aktrisa Salma Xayek va dunyoning 100 nafar eng boy kishilaridan biri biznesmen Fransua-Anri Pinoning farzandi hisoblanadi. Valentina o‘zini ijodda sinab ko‘rmagan yoki tadbirkor bo‘lmagan, biroq ota-onasi tufayli uning hisob raqamida 12 million dollar mavjud.Vivyen va Noks Joli-Pitt
Anjelina Joli va Bred Pittning yangi tug‘ilgan egizaklarining birinchi fotosurati 14 million dollarga sotilgan, natijada u tarixdagi mashhurlarning eng qimmat fotosuratiga aylangan. Bu mablag‘ning bir qismi xayriya uchun ishlatilgan, biroq Noks va Vivyen o‘z uka va singillariga qaraganda biroz boyroq hisoblanadi. Joli-Pitt bolalarining umumiy boyligi taxminan 70 million dollarga teng.Dennilin Xoul Birkxed-Marshall
Qizaloqning onasi — model va aktrisa Anna Nikol Smit — u bir yoshda bo‘lganida vafot etgan va qiziga o‘n million dollar meros qoldirgan. Qizaloq yana 49 million dollarni onasining ikkinchi eri vafot etganda taqsimlangan merosdan olgan. Ayni paytda Dennilin otasi Larri Birkxed bilan yashaydi va oddiy hayot kechiradi: maktabga boradi, qo‘shiq kuylash va raqs bilan shug‘ullanadi.Suri Kruz
Tom Kruz va Keti Xolmsning qizi xohlagan narsasini qo‘lga kirituvchi eng injiq bolalar ro‘yxatida yetakchiga aylangan. Uning kiyimlar jamlanmasining o‘zi uch million dollardan ortiqqa baholanadi, Rojdestvo munosabati bilan olgan qo‘g‘irchoq uyining narxi esa oddiy odamning uyi narxiga teng. Ota-ona o‘z qizi uchun bankda bir necha yuz million dollarlik hisob raqam ochgan.Shahzoda Jorj
Buyuk Britaniya taxtining bo‘lajak merosxo‘ri hali besh yoshga ham to‘lmagan, biroq allaqchon dunyodagi eng nufuzli bola deb ataladi. Kichkina shahzoda nima kiysa, shu brendning mahsulotlari do‘konlarda shiddat bilan sotiladi. Tahlilchilarning hisobiga ko‘ra, kichkina Jorj mamlakatning yillik daromadiga 2,3 milliard dollar olib keladi. Uning shaxsiy boyligi esa bir milliard dollardan ortiqqa baholanadi.Mulay al-Hasan
Marokash qirolining o‘g‘li 15 yoshda, u bu ro‘yxatdagi boshqa bolalar kabi juda taniqli emas. Biroq aynan shu o‘smir tug‘ilganidan boshlab eng boy bolaga aylangan, uning boyligi 2,5 milliard dollarga teng. Mulay otasining munosib davomchisi bo‘lishga tayyorlanmoqda va ko‘pincha u bilan rasmiy qabullarga boradi. Boyligi va yuqori maqomiga qaramasdan, bola hech qachon ko‘p xarajat va shohona hayotga intilishi bilan namoyon bo‘lmagan.
Izoh (0)