AQSh prezidenti Donald Trampning Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuvidan so‘ng Moskva Londonning “abadiy dushmani” maqomidan mahrum bo‘lishi mumkin. Buyuk Britaniya shundan xavotirda, deb yozmoqda The Independent.
Aytilishicha, Britaniya hukumati AQSh Rossiya bilan tinchlik sulhiga erishsa, bu Moskvaga xalqaro siyosatda qo‘shimcha kuch berishidan tashvishda. Bundan tashqari, Rossiyada o‘tayotgan futbol bo‘yicha Jahon chempionati o‘tkazilishi ushbu mamlakatning imijini yaxshilamoqda.
28-iyun kuni Britaniya rahbarlari Tramp va Putin muzokaralaridan qo‘rqib turganini tan olgan edi. Endilikda bu qo‘rquvlarning sabablari oydinlashtirildi.
Izoh (0)