O‘zbekiston Standartlash, metrologiya va sertifikatsiya agentligi bosh direktori Abduhamid Karimov iyun oyining oxirida Rosstandart rahbari Aleksey Abramov bilan uchrashdi, deb yozadi “Sputnik O‘zbekiston”.
Uchrashuv yakunida ikki muassasa vakillari — Rosstandart va O‘zbekiston Standartlash agentligi orasida 2018-yilda ilmiy-texnik sohada hamkorlik qilish haqida shartnoma imzoladi.
“Rossiya va O‘zbekistonning ushbu sohada hamkorlik yo‘nalishlari va hamkorlik an’analarini saqlab qolish hamda soha kelajagi uchun javobgarligi bor. Bizning mamlakatlar ushbu sohada hamkorlikni rivojlantirish uchun ulkan imkoniyatlarga ega, jumladan davlatlararo shartnomalar asosida ham”, — dedi Rosstandart rahbari Aleksey Abramov.
Shuningdek, Rossiya va o‘zbekistonlik mutaxassislar o‘lchov birliklari umumiyligi, etalon asbob-uskunalar yetkazib berish va ushbu sohada ikki tomonlama normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqish borasida kelishib oldi.
Izoh (0)