Bugungi kunda respublikaning barcha hududlarida “Xavfsiz shahar — xavfsiz mamlakat” konsepsiyasi asosida jamoat tartibini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda, deya Milliy gvardiya matbuot xizmati “Daryo”ga xabar bermoqda.
2018-yil iyun—iyul oylarida Milliy gvardiyaning Surxondaryodagi harbiy qismi xizmatchilari va viloyat IIB xodimlari Jarqo‘rg‘on tumanida kecha-yu kunduz olib boriladigan patrullik xizmatini yo‘lga qo‘ydi. Asosiy maqsad jamoat joylari, aholi yashash hududlari va mahallalarda fuqarolarning tinchligini ta’minlashdan iborat.
Izoh (0)