Qozog‘iston janubidagi Turkiston viloyatida ikki avtomobilning to‘qnashishi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi, to‘qqiz kishi jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda 25-iyun, dushanba kuni viloyat politsiyasi matbuot xizmati xabar berdi, deb yozadi “RIA Novosti”.
Yo‘l-transport hodisasi 25-iyun kuni Olmaota—Toshkent—Termiz avtoyo‘lining 733-kilometrida yuz berdi.
“Mazda yengil avtomobili Ssang Yong’ning orqa qismiga kelib urilgan. YTH oqibatida uch kishi: Mazda haydovchisi va ikki nafar ayol voqea joyida vafot etgan. Ayollardan biri O‘zbekiston fuqarosidir. Shuningdek, to‘qqiz kishi turli shikastlanishlar bilan shifoxonaga yetkazilgan, ulardan — olti nafari O‘zbekiston respublikasi fuqarosi”, — deyiladi matbuot xizmati xabarida.
Hodisa yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, ekspertizalar tayinlangan.
Izoh (0)