AQSh Janubiy Koreya bilan o‘tkazilishi rejalashtirgan harbiy mashqlar bo‘yicha 2 ta dasturni vaqtinchalik to‘xtatdi. Bu haqda Reuters’ga tayanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, AQSh prezidenti Donald Tramp va KXDR rahbari Kim Chen In uchrashuvi davomida qabul qilingan kelishuvdan keyin harbiy mashqlar to‘xtatilgan.
“Singapur sammiti natijalariga rioya qilish va ittifoqchimiz Janubiy Koreya bilan munosabatlarni muvofiqlashtirish uchun kotib Mettis (Pentagon rahbari Jeyms Mettis nazarda tutilmoqda) mashqlarni vaqtinchalik to‘xtatdi”, — deya Pentagon vakili ma’lumot bergan.
Shu jumladan, Freedom Guardian (AQSh va Janubiy Koreya tomonidan avgust oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan eng yirik harbiy mashqlar) harbiy mashg‘ulotlari ham to‘xtatilgan.
Avvalroq, harbiy mashqlarning to‘xtatilishi to‘g‘risida Janubiy Koreya tomoni xabar qilgan edi.
Izoh (0)