Eron neft vaziri Bejan Nomdor Zangona 23-iyun kungi OPEK+ uchrashuvida ishtirok etmasligini ma’lum qildi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda, deb yozadi “Gazeta.ru”.
23-iyun kuni OPEK mamlakatlari kartelga kirmaydigan davlatlar bilan neft qazib olish hajmini oshirish masalasini muhokama qiladi. AQSh resursning bozordagi qiymati pasayishi uchun choralar, Rossiya neft qazib olishni oshirishni qo‘llab-quvvatlamoqda.
“Mazkur uchrashuvda kelishuvga erisha olishimizga ishonmayman. OPEK — prezident Tramp yo‘riqnomalariga amal qiluvchi tashkilot emas”, — dedi Zangona.
Eron vaziri Venani OPEK+ muzokaralari boshlangunga qadar tark etishini qo‘shimcha qildi.
Izoh (0)