Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 21-iyun kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 17—19, kunduzi 33—35 daraja issiq bo‘ladi, deb yozmoqda O‘zA.
Qoraqalpog‘iston, Xorazm, Andijon, Namangan Farg‘ona hamda respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo va Surxondaryoda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi.
Buxoro va Navoiyda kechasi 18—23, kunduzi 32—37daraja issiq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston va Xorazmda kechasi 17—22, kunduzi 31—36 daraja issiq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryoda kechasi 17—22, kunduzi 31—36 daraja issiq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryoda kechasi 18—23, kunduzi 34—39 daraja issiq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘onada kechasi 17—22, kunduzi 30—35 daraja issiq bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda kechasi 10—15, kunduzi 22—27 daraja iliq bo‘ladi.
Respublika bo‘ylab g‘arbdan sekundiga 7—12 metr tezlikda shamol esadi.
Izoh (0)