Turkiya janubi-sharqidagi Shirnoq provinsiyasida mamlakatda taqiqlangan Kurdiston ishchi partiyasi a’zolari tomonidan uyushtirilgan portlash oqibatida ikki nafar harbiy xizmatchi halok bo‘ldi, uch nafari yaralandi. Bu haqda Turkiya Qurolli kuchlari xabariga tayanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
“19-iyun kuni Shirnoq shahri chekka qismida Kurdiston ishchi partiyasi terrorchilik tashkiloti a’zolari tomonidan o‘rnatilgan qo‘lbola qurilmaning portlashi oqibatida ikki nafar harbiy xizmatchi halok bo‘ldi, uch nafari yaralandi”, — deyiladi xabarda.
Turkiyada 2015-yilning iyulida Kurdiston ishchi partiyasi bilan qurolli mojaroning yangilanishi oqibatida kurd isyonchilarining hujumi oqibatida ming nafar harbiy va politsiyachi, shuningdek 500 ga yaqin fuqaro halok bo‘ldi.
Izoh (0)