Makaolik suratkash Pol Suy National Geographic jurnali tomonidan o‘tkazilayotgan Travel Photographer of the Year tanloviga o‘zi tomonidan shahar ko‘chalarining birida olingan suratni taqdim etdi. “Tajovuz” nomini olgan suratda mahalliy hududda qurilayotgan zamonaviy arxitektura namunasi tasvirlangan, deb xabar beradi TJournal.
Surat People’s Choice yo‘nalishi bo‘yicha taqdim etilgan bo‘lib, unga 28-iyunga qadar ovoz berish mumkin. National Geographic saytining foydalanuvchilari ushbu suratni “Mustaqillik kuni” va “Tashrif” filmlarida Yerga bostirib kelgan o‘zga sayyoraliklarning kadrlariga qiyosladi.
Izoh (0)