Moskva markazidagi trotuarda piyodalarni urib ketgan taksichi Chingiz Anorbek o‘g‘li o‘z qilmishidan pushaymon. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
“Barchasi uchun uzr so‘rayman. Ikki kun uxlamadim. Oilamni boqish uchun pul topishimga to‘g‘ri keldi. Nima sodir bo‘lganligini o‘zim ham tushunmadim, to‘yib uxlamaslikdan charchaganligim uchun gazning pedalini adashtirib yubordim. Aybimni to‘liq tan olaman va jabrlanganlar va ularning qarindoshlaridan uzr so‘rayman”, — dedi Chingiz Anorbek o‘g‘li.
Qirg‘izistondagi Jalolobod shahrining 38 yoshli fuqarosining so‘zlariga qaraganda, taksida ishlashdan avval u olti yil davomida oshpazlik qilgan.
Tergov taksichiga ehtiyot chorasi sifatida 2 oy davomida qamoqxonada saqlashni so‘radi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Moskva markazida taksining olomon ustiga bostirib borishi oqibatida 8 kishi yaralanganligi haqida xabar berilgan edi.