Yaponiya hududida 4,7 magnitudali yer silkinishi sodir bo‘ldi. Bu haqda The Mainichi xabar bermoqda, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Gap Xonsyu orolida joylashgan Gumma prefekturasining janubiy qismi haqida borayotganligi ta’kidlanmoqda.
Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, zilzila o‘chog‘i 20 kilometr chuqurlikda joylashgan. Gummada yerosti silkinishlari kuchi 5 ballgacha yetgan. Ularni 11 ta prefekturada ham sezish mumkin bo‘lganligi ta’kidlanmoqda. Sunami xavfi yuzaga kelmagan.
Jabrlanganlar va vayronagarchiliklar haqida ma’lumotlar yo‘q.
Izoh (0)