Kecha, 16-iyun sanasida futbol bo‘yicha Rossiyada o‘tayotgan Jahon Chempionatining “D” guruhi 1-tur doirasida Xorvatiya—Nigeriya terma jamoalari o‘zaro bellashdi. Uchrashuvda Xorvatiya katta ustunlikka ega bo‘lib, buni hisobda ham aks ettira oldi. O‘yin xorvatlarning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Quyida uchrashuv o‘tgan “Kaliningrad”stadiondagi muhitning taftini his qilishingiz mumkin bo‘lgan suratlarni tomosha qilishingiz mumkin.
Mazkur o‘yinda ham o‘zbekistonlik muxlislar stadionda bo‘lganligini Davlat bayrog‘i ko‘tarilganidan bilsa bo‘ladi.