Dunyoda shunday noodatiy joylar borki, u yerlarda yashovchilar, ularning odatlari o‘ziga xos. Xuddi u yerdagi odamlarni umumiy sir birlashtirib turganga o‘xshaydi. AdMe ana shunday joylarga e’tibor qaratdi.
“Gnomlar uchun qirollik”, Xitoy
Xitoydagi gnomlar uchun yaratilgan qishloqda 19—48 yoshdagi 125 kishi yashaydi. Ular gnomlar, farishtalar, elflar, malika va qo‘riqchilar kiyimlarini kiyib yuradi, ularning uylari va daraxt va qo‘ziqorin shaklida qurilgan. Bu uylarning yonida barcha sharoitga ega yotoqxona ham qurilgan, shuningdek, ularning yashashi uchun barcha infratuzilma obyektlari mavjud. Ularning barchasi o‘z ishiga ega, ya’ni sayyohlarga yo‘lboshlovchilik qilish , ekskursiyalar tashkil qilish.Piraxa hindulari. Eng baxtli qabila
Amazonka daryosi bo‘yida yashovchi qabila eng baxtli qabila deb ataladi. Qabila sanashni bilmaydi, ularda ikkita son bor — “bir nechta” va “ko‘p”, yana ikkita rang — “yorug‘“ va “qorong‘u”. Ular soat va kalendarni bilmaydi, kuniga ikki marta ovqatlanadi, vaqti-vaqti bilan 20 daqiqadan uxlaydi. Qabilada qarindoshlikning uchta darajasi bor: bola, ota-ona va aka/opa. Bu yerda bo‘ysunish va iyerarxiya yo‘q, biroq hech kim o‘g‘rilamaydi va o‘ldirmaydi.Ikariya, uzoq umr ko‘ruvchilar oroli
Ikariyaning har uchinchi klshisi 80 yoshga kiradi, qolgan ikki kishi esa 100 yoshgacha ham yashaydi. Buning siri Egey dengizida joylashgan orolning ajoyib tabiatida. Ikariyda odamlar shoshilmaydi, kuchi yetgunicha ishlaydi, tog‘ so‘qmoqlari bo‘ylab yuradi, o‘z bog‘larining mevalaridan yeydi.Kandidu-Godoy, “Egizaklar yeri”
Braziliyadagi Kandidu-Godoy egizaklar tug‘ilishi bo‘yicha mutlaqo rekordchi hisoblanadi. Bu yerdagi bitta tumanda 80 ta oilada 44 ta egizaklar juftligi bor. Aholining asosiy qismi germaniyalik bo‘lib, bu yerga Birinchi jahon urushi vaqtida ko‘chib kelishni boshlagan.Egizaklar tug‘ilishi jarayoni 1990-yilarda payqalgan va turli mamlakatlardan jurnalistlar kela boshlagan. Mahalliy hukumatga bu yoqqan va shaharni “Egizaklar yeri” deb atagan.
Olimlar hodisaning turli sabablarini ilgari suradi. Ular orasida o‘ziga xos suv, hududning ajralib qolgani, yana doktor Yozef Mengelning genetik tajribalari bor. Aholining so‘zlariga ko‘ra, doktor bu yerda veterinar sifatida ishlagan, aynan ana shu vaqtda dastlabki egizaklar tug‘ila boshlagan.
Egizak o‘quvchilar darslarda ayyorlik qilib, bir-birining o‘rniga javob berish holatlari ko‘p uchraydi.
Izoh (0)