Shimoliy va Janubiy Koreya vakillari ikki mamlakat mudofaa boshqarmalari muzokaralarida harbiy aloqaning sharqiy va g‘arbiy liniyalarini to‘liq tiklashga kelishib oldi. Bu haqda “Ryonxap” agentligi xabar bermoqda, deb yozadi “RIA Novosti”.
Bundan tashqari, Seul va Pxenyan Sariq dengizda qurolli hodisalarning oldini olish haqidagi 2004-yilgi kelishuvni bajarishga kelishganligini ma’lum qildi.
Tomonlar, shuningdek, Pxanmunjom punkti atrofidagi qo‘shma xavfsizlik zonasidan harbiylarni olib chiqib ketish haqida fikr almashdi.
Izoh (0)