Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi va uning tuman va shahar jamiyatlari tomonidan hech bir murojaat e’tiborsiz qolayotgani yo‘q. Tizim xodimlari “Iste’molchilar manfaatlari har narsadan ustun” degan tamoyil asosida faoliyatini olib bormoqda, deya xabar beradi O‘zA.

Foto: GM Uzbekistan

Foto: GM Uzbekistan

Joriy yil 11-iyun kuni Zarafshon shahrida yashovchi Feruz Ergashev federatsiyaning 1091 qisqa raqamli “Ishonch telefoni”ga qilgan og‘zaki murojaati Navoiy shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan o‘rganib chiqildi.

Murojaatda fuqaroning “Navoiyavtotexxizmat” korxonasiga Nexia-3 uchun to‘lovni to‘liq amalga oshirgani, ammo shartnoma muddati tugagan bo‘lishiga qaramasdan hanuzgacha avtomashinani ololmayotganligi qayd etilgan.

Jamiyat xodimlarining aralashuvi natijasida 13-iyun kuni fuqaroning murojaati ijobiy yechim topdi. F.Ergashev qisqa muddatda yangi yengil avtomobilga ega bo‘ldi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“O‘zsanoatqurilishbank” kapitaliga 125 million dollar, “Asakabank”ka 100 million dollar jalb etiladi
Mahalliy
Ommaviy savdolar orqali to‘liqligicha sotiladigan korxonalar ro‘yxati tasdiqlandi
Dunyo
Yevropa Ittifoqining sanksiyalar bo‘yicha maxsus vakili O‘zbekistonga kelmoqchi