2018-yilning 8—14-iyun kunlari Andijon shahrida O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari bo‘yicha ikki mamlakat hukumat delegatsiyalari ishchi guruhlarining navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Uchrashuv doirasida 2017-yil 5-sentabrdagi O‘zbekiston — Qirg‘iziston davlat chegarasi to‘g‘risidagi shartnomaga kiritilmagan uchastkalardan chegaraning o‘tish chizig‘ini tavsiflash bo‘yicha ish davom ettirildi.
Qo‘shma faoliyat konstruktiv asosda va do‘stona ruhda o‘tdi.
Muzokaralar yakunida tegishli bayonnoma imzolandi.
Izoh (0)