“Daryo” fotomuxbiri ertaga, 15-iyun kuni ochilishi bo‘lib o‘tadigan Central Park nomini olgan sobiq “Mirzo Ulug‘bek istirohat bog‘i”dan fotoreportaj tayyorlab taqdim etdi.
Mazkur bog‘ o‘tgan yilning oktabr oyida bog‘ rekonstruksiya uchun yopilgan edi.
Mirzo Ulug‘bek nomidagi istirohat bog‘i 1934-yilda barpo etilgan. Undagi ayrim bino va attraksionlar eskirgan va shaharsozlik normalariga to‘g‘ri kelmay qolgan edi. Shu sababli bog‘da keng ko‘lamli ta’mirlash ishlari olib borildi.
Qayd etilishicha, bog‘ hududida aholi sayr qilishi va suhbatlashishi uchun osoyishta hududlar bunyod etilgan, qulay o‘rindiqlar va yoritgichlar o‘rnatiladi. Shuningdek, 100 yoshdan oshgan keksa daraxtlar ham saqlab qolingan.
Izoh (0)